“Zakot – hoshimiy ham, uning mavlosi ham bo'lmagan faqir musulmonga mulk qilib beruvchiga hech qanday manfaat evazisiz Allohning roziligi uchun shariatda tayin qilinganidek mulk qilib berishdir”.
Endi ushbu umumiy ta'rifdagi istilohlar bilan tanishib olaylik; “Maxsus mol” deyilgani “nisobga yetgan mol”ni bildiradi. “Maxsus juzni” deyilgani o'sha berilayotgan mol beruvchining mulkidan ajrab chiqishi kerakligidir. Misol uchun, bir kishiga “ushbu uyda bir yil o'tirib turishing senga zakot”, deb bo'lmaydi. “Maxsus shaxs” zakot olishga haqli shaxs degani. “Allohning roziligi uchun” degani ibodat niyati bilan zakot berilishi kerakligidir. “Shariat tayin qilgan” degani zakot chiqarish miqdori shariatda ko'rsatilgan miqdorga to'g'ri kelishi kerak. Ozgina sadaqa berib, shu zakot, deb bo'lmaydi. “Mulk qilib berish” deyilgani o'sha berilayotgan mol oluvchiga mulk bo'lmagunicha zakot bo'lmaydi deganidir (Hadis va hayot).
Alloh taolo “Va namozni qoim qilinglar va zakotni beringlar va Rasulga itoat qilinglar, shoyadki, rahm qilinsangiz”, degan (Nur, 56). Zakotning rukni tamliykdir, ya'ni Qur'on va hadisda ko'rsatilgan xos kishilarga zakotni mulk qilib berishdir. Zakotning farz bo'lishi shartlari Zakotni farz bo'lishi uchun o'nta shart bo'lib, ba'zilari zakot berguvchiga va ba'zilari beriladigan zakotga tegishlidir. Zakot beruvchiga tegishli bo'lgan shartlar quyidagilardir: 1. Hur bo'lishi; 2. Musulmon bo'lishi – musulmon bo'lmagan kishiga zakot farz emas; 3. Oqil bo'lishi – majnunlarga zakot farz emas; 4. Balog'atga yetgan bo'lishi – balog'atga yetmagan bolaning molidan zakot berilmaydi. Garchi uning boyligi nisobga yetsa ham; 5. Nisob miqdoricha molga ega bo'lishi – nisobga yetmagan mollardan zakot berilmaydi; 6. Nisob moliga to'laligicha molik bo'lishi. Shuning uchun ayol kishiga mahr tayin qilinsayu, hali mahr qo'liga yetib bormagan bo'lsa, unga zakot lozim bo'lmaydi. Shuningdek, qarzdor qo'lida moli bo'lgani bilan qarzi tufayli undagi mablag' o'zgalarning mulki hisoblanadi;
1. Mol nisobga yetgan bo'lishi; 2. Asliy hojat va qarzdan holi bo'lishi; 3. Haqiqatan yoki hukman' o'sib turuvchi mol bo'lishi. Haqiqatdan o'sib turuvchi molga tijorat mollari, hukman' o'sib turuvchi molga esa, tillo, kumush va qog'oz pullar kiradi; 4. Nisobga yetganligiga bir yil to'lgan bo'lishi – nisobga yetganiga bir yil bo'lmagan mollardan zakot berilmaydi; Ba'zilar o'n birinchi shartni zikr qilishib, zakot farz ekanligini bilgan bo'lishi deganlar. Musulmonlar orasida istiqomat qiluvchi kishi zakotni farz ekanligini bilmasligi uzur emas. Agar bunday kishi bir necha yil davomida zakotga yetadigan mablag'ga ega bo'lib, zakotini bermagan bo'lsa, o'tgan yillarga ham zakot beradi. Musulmonlar orasida istiqomat qilmaydigan kishi zakotga yetadigan mablag'i bo'lib, zakot farzligini bilmay bir necha yil oradan o'tib, zakot farz ekanligini bilsa, o'tgan yillar uchun zakot bermaydi. Tundra kabi joylarda istiqomat qiluvchi kishilar shular jumlasidandir (Umdatul fiqh).
Zakotning nisobi ikki hil bo'ladi. 1. Zakot berish vojib bo'lishi uchun nisob; 2. Zakot olmaslik uchun belgilanadigan nisob. Birinchi nisobni belgilashda hojati asliydan tashqari nomiy (o'sib turuvchi) mollarni hisoblanadi. Masalan: tillo, kumush, naqd pullar, tijorat mollari va zakoti berilishi shariatda belgilangan chorva hayvonlari. Ikkinchi nisobni belgilashda esa, ham nomiy ham nomiy bo'lmagan mollarni hisob qilinadi. O'sib turuvchilari yuqoridagilardan ma'lum. Nomiy bo'lmaganlari esa, tijorat maqsadida bo'lmay o'g'illar uchun sotib olingan quruq yerlar, (o'zi o'tirgan uyining yonidagi honalardan tashqari) ijaraga berilmay bo'sh turgan uylar, o'g'il-qizga berish maqsadida olib qo'yilib, ularga mulk qilib berilmagan sep-sidirig'lar, (agar ularga mulk qilib berilgan bo'lsa, olgan o'g'il qizlarning nisobiga hisob qilinadi), hech vaqt iste'mol qilinmaydigan suvenir va idishlar, televizor ham hojati asliydan tashqari mol sanaladi. Bu narsalar garchi zakot berishda hisobga olinmasada, zakot olishda hisobga olinadi. Kimning hojati asliysidan tashqari yuqorida zikr qilingan narsalari bor bo'lib, zakot nisobiga yetsa, unday kishilarga zakot olish joiz emas. Lekin, zimmasiga qurbonlik qilish hamda fitr sadaqasini berish vojib bo'ladi. Birinchi nisobni bilish zakot beruvchilar chun zarur. Ikkinchi nisobni bilish esa, ham beruvchi (o'z o'rniga berishi uchun) ham oluvchi uchun zarurdir. Chunki bu nisobga ham ko'p hukmlar tartib topadi. Masalan, Sadaqai fitr berish, qurbonlik qilish vojib bo'ladi. Sadaqa olmaslik (hadya bo'lsa joiz), nazr qilingan go'shtni yemaslik, nazr qilingan narsalarni olmaslik kerak bo'ladi.
Zakot quyidagi narsalarda vojib bo'ladi: 1. Tillo, kumush, qog'oz pullar, tangalar; 2. Tijorat mollari, ya'ni oldi-sotti qilinadigan qanday narsa bo'lmasin; 3. Chorva mollari – tuya, mol, qo'tos, qo'y, echki, ot; 4. Dehqonchilik mahsulotlari, ya'ni qaysi turdagi dehqonchilik mahsulotlari bo'lmasin Zakot va undagi shartlar zakot so'zining lug'aviy ma'nosi o'smoq, poklanmoq ma'nolarida keladi. Istilohiy ma'nosi ma'lum bir moldan, ma'lum bir joyga, ma'lum bir vaqtda bermoq. Zakotning farz bo'lishi to'g'risida juda ko'plab oyatlar nozil bo'lgan hatto namozga buyruq kelgan joylarda zakotga ham buyruq kelgan. Bunga Baqara, Mo''minun, Bayyina va boshqa ko'plab suralarni misol keltirishimiz mumkin. "Zakotni beringizlar"! Rasululloh (s.a.v) shunday marhamat qilganlar: “Mollaringizni zakotini ado yetingizlar! Yana: “Mollaringizni zakot bilan qo'riqlanglar, kasallaringizni sadaqa bilan davolanglar”. O'zi hur – ozod, aqli – hushi joyida, balog'atga yetgan, musulmon qachonki zakot berish miqdoridagi mulkka komil ega bo'lsa va shu mulk uning qo'lida bir yil tursa, zakot berish unga vojib bo'ladi. Zakotni farzligiga butun Islom ulamolari ittifoq qilganlar. Hurlikning shartligi sabab, ozod kishigina mulkka komil ega bo'ladi. Musulmonlikning shartligiga sabab, zakot ibodat hisoblanadi savob umid qilinadi. Ibodatni esa kofirlar bajarmaydilar. Yana nisob ham shartdir. Chunki Rasululloh (s.a.v) molni zakotga yetgan bo'lishini shart qilganlar. Yana bu molga bir yil o'tishi ham shart hisoblanadi. Chunki molning o'sishiga yetarli vaqt kerak bo'ladi. Shariat buni bir yil qilib belgilagan. Rasululloh (s.a.v) "Molu mulkka to bir yil vaqt o'tmaguncha zakot yo'qdir", deganlar. Shuningdek, bir yil barcha fasllarni o'z ichiga oladi. Mukotabga ham, garchi moli zakotga yetgan bo'lsa ham, zakot vojib yemas. Chunki mukotab bu mablag'ga to'la yegalik qila olmaydi. Moli zakot nisobiga yetgan, ammo ushbu mablag' miqdoricha qarzi bor kishi ham zakot berishi vojib yemasdir. Bunga Imom Shofiiy xilof qilgan. Agarda molning miqdori zimmasidagi qarzidan ziyoda bo'lsa va ushbu oshgan molining miqdori nisobga yetsa, shundagina zakot beradi, chunki bu qarzidan ziyoda mablag'i asliy hojatidan ortiqchadir. Avvalgi yillarning zakotini bermagan va buning ustiga keyingi yilda moli nisobga yetib turgan bo'lsa, avvalgi yillarda bermagan zakot qarzi bu yilnikini man qiladi. Yashash joylari, kiyadigan kiyimlari, uy anjomlari, miniladigan hayvonlari, xizmat qullari, ishlatiladigan qurol-aslahalaridan zakot berilmaydi. Olimlarning kitoblari, hunarmandlarning asboblari ham shu hukmdadir. Kimning birovda qarzi bo'lsa – yu, qarzdor bir necha yillar mobaynida olgan qarzini inkor qilib kelsa, vale – oqibat uning qarzdorligiga hujjat topilsa, bu holda qarz bergan kishi avvalgi yillarga zakot bermaydi. Yoki bir necha yillar yo'qolgan molga ham topilgandan keyin, o'tgan yillariga zakot bermaydi. Yoki musodara qilib olib qo'yilgan mollar ko'p yillar o'tib qaytarib berilsa, o'tgan vaqtlarga zakot berilmaydi. Savdo niyati bilan olingan narsalarga zakot vojib bo'ladi. Kimki bir joriyani tijorat qilish maqsadida sotib olgan bo'lsa – yu, keyin uni ishlatishni niyat qilsa, o'sha joriya uchun zakot bermaydi. Lekin meros tushgan molga zakot vojib bo'lmaydi. Agar meros moldan tijorat niyat qilsa ham, unga zakot vojib bo'lmaydi. Zakotni berish vaqtida, yoki vojib bo'lgan miqdordagi molni ajratib qo'yish vaqtida niyat qilish shart hisoblanadi. Chunki zakot moliy ibodatdir, ibodatda esa niyat bo'lmog'i shartdir. Kimki zakot berish niyatida bo'lmasdan, butun mol – mulkini sadaqa qilib yuborsa, u kishidan farz bo'lgan niyat zakot soqit bo'ladi. Imom Muhammad (r.a) fikricha: Kishi zimmasida vojib bo'lgan zakotning bir qismini bersa, uning molidan shu berilgan zakot miqdoricha zakot soqit bo'ladi. Chunki zakotning vojibligi barcha mulkka taalluqlidir. Imom Abu Yusuf (r.a) fikricha yuqoridagi holatda zakot soqit bo'lmaydi, chunki molning zakoti berilgan qismi no'malumdir, demak qolgan mol ham zakot berish vojib bo'lgan maqomdadir.
Avvalo zakotni olishga haqli kishilarni zikr qilar ekanmiz, buning dalilini keltirib o'tamiz. Alloh "Tavba" surasi 60 – oyatida shunday marhamat qilgan: “Albatta , sadaqalar faqirlar , miskinlar unda ishlovchilar , qalblari unda ulfat qilinadiganlar, qullar qarzdorlar, Allohning yo'lida va Vatangado uchundir. Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh o'ta biluvchi va o'ta hikmatli zotdir”. Ushbu oyatda zikr qilingan 8 toifa zakot olishga munosib odamlar bo'lib, bundan bitta kamaytirib ham, ko'paytirib ham bo'lmaydi. Hatto bu ishga Rasululloh s.a.v. daxl qilmaganlar. Bir kishi Nabiy (s.a.v)dan ham sadaqadan ulush so'rab keldi. Bas, u zot: “Albatta, Alloh sadaqalarda Payg'ambarning va boshqaning hukmiga rozi bo'lmadi. Xattoki, u (zakot) haqida uning o'zi hukm qildi. Uni sakkiz joyga bo'ldi. Agar sen o'sha juz'lardan bo'lsang, haqqingni beramiz” – dedilar. 1-"Faqir” deb ozgina narsasi bor kishiga aytiladi. Bu aytganlarimiz Abu Hanifa (r.a) mazhabi fikrlaridir.Bir odamning maskani va mulki bo'lib, undan keladigan daromad xarajatini qoplay olmasa, boy hisoblanmaydi, zakotga haqdor bo'lib turaveradi. Yana yetarli kiyimlari, hayitda kiyadigan yaroqli kiyimlari, hunar asboblari, kitoblarida, ayollarida o'ziga yarasha taqinchoqlari bo'lgan kishi ham boy hisoblanmaydi. Birovning moli bo'lsa-yu undan foydalanish yo'lida to'siq bo'lib, og'ir ahvolda qolsa, u ham miskin, faqir hisoblanadi. 2.”Miskin” deb hech narsasi yo'q kishiga aytiladi. 3.”Omili zakot” ya'ni zakot yig'uvchi, uning xizmatiga yarasha haq podsho tomonidan tayinlanadi, lekin bu haq yig'ilgan molning sakkizdan biri bilan kifoyalanib qolmaydi. Bu toifa "zakotchi", “sadaqachi”, "zakot omili" ham deb atalgan. Ular zakotni boylardan yig'ib olib, haqdorlariga tarqatguncha bo'ladigan ishlarni ado yetadilar. Bevosita zakot yig'uvchimi, hisobchimi, qorovulmi, kotibmi yoki boshqami, baribir shu toifaga kiradi. Zakot nozik masala bo'lgani uchun, zakot idorasi xodimi musulmon, balog'atga yetgan, oqil, ishonchli kishi bo'lmog'i lozim. Fosiq va fojir kishilar bu ishga yaqin yo'latilmaydilar. Bularning xizmatlariga haq podsholik tomonidan belgilanib qo'yiladi. 4 – Qalblari islomga ulfat qilinganlar. Bular bir necha toifa bo'ladi. 1 – Zakotdan ulush olsa o'zi ham, ahli ayoli, urug' aymog'i ham Islomga kirishi umid qilinadigan kishi. Rasululloh (s.a.v) Safvon ibn Umayyaga zakot berganlar.2 – Islom va musulmonlar uchun yomonlik qilishi mumkinu, mol olsa, o'sha yomonligini, qaytarish imkoni bor. 3-Islomga yangi kirgan-u, unga zakot molidan berilsa, islomda sobit bo'lishi umid qilinadigan odamlar. 4–Obro'–e'tiborli, ammo boshqa millatlardan tengdoshlari bor musulmonlar. Agar ularga yaxshi muomala qilinsa, o'sha tengdoshlari ham musulmon bo'lishidan umid qilinadi. Abu Bakr (r.a) ning Adiy ibn Xotam va Zaburqon ibn Barrlarga zakotdan ulush berganlari bunga dalil. 5 – O'z qavmlarida katta obro' – e'tiborga ega bo'lgan, ammo hali iymoni zaif boshliqlarga ham ko'ngillarini ulfat qilish uchun zakot beriladi. Rasululloh (s.a.v) Havozin o'ljalaridan bergan. 6 – Dushman bilan chegaradosh joylarda himoya, mudofaa ishini bajarib turgan musulmonlar. 7 - Zakot yig'ish ishlarida obro' – e'tiborlari bilan yordam beradigan musulmonlar. Hanbaliy mazhabi bu ulushga haqlilar, doimo bor deydi. Hanafiylar esa, bu hukm nasx bo'lgan, hozir qalbi ulfat topganlar yo'q deydilar. Zamondosh ulamolar bu usulni qo'llash kerak deydilar. 8 - Bo'yinlarini (qullar) ozod yetish uchun va mukotab qullar o'zlarini ozod qilishlari uchun ularga zakot hisobidan yordam beriladi. Yer yuzida qulchilik qolmagandan keyin ulamolarimiz bu ulushni musulmon asirlarni ozod qilishga, mustamlaka xalqlarni undan ozod qilishga sarflash kerak dedilar. Bir kishining qarzi bo'lib, undan oshgani nisobga yetmasa, shu odam qarzdor hisoblanadi. Imom Shofiiy(r.a) zakotda qarzdor shunday kishiki, odamlar yo qabilalar, orasini isloh qilib, qarzdor bo'lgan kishi deydilar. Turli holatlar tufayli nochor holatga tushib qolganlar ham shu toifaga kiradi. 9 –Alloh yo'lidagi toifa. Bu toifani Abu Yusuf (r.a) Islom yo'lida jihodga chiqishga xarajati bo'lmaganlar degan. Imom Muhammad (r.a) ushbu toifani hajga bora olmay qolgan toifa deganlar. Hanafiy ulamolarimiz ushbu toifaga atalgan ulushni, Islom yerlarini ozod qilishga, Islomga qarshi bo'layotgan madaniy, ma'rifiy-mafkuraviy ishlarga qarshi ishlatish kerak deydilar. Misol uchun kitob, fil'mlar, ko'rsatuvlar chiqarishga ishlatish kerak deydilar. 10 – O'z Vatanida mol-dunyosi mavjud bo'lsa ham, o'zi boshqa joyda yurgan va bu yerda uning biron narsasi yo'q kishi Ibni sabiyl hisoblanadi. Bular bir necha maqsadlarda safar qilgan bo'ladi. 1-Rizq talab qilib safar qilgan. 2 – Ilm, nazar va e'tibor uchun safar qilgan. 3 – Alloh yo'lida ish qilish uchun safar qilgan kishilar.
1 – Zimmiyga zakot berilmaydi. Chunki Rasululoh (s.a.v) Muozga: "Musulmonlarning boylaridan zakotni olgin va uni ularning (musulmonlarning) faqirlariga bergin", dedilar. Lekin Zimmiyga zakotdan boshqa sadaqalardan (ya'ni, fitr sadaqasi, nazr va kafforotlardan) beriladi. Imom Shofiiy (r.a) esa: "Zimmiylarga hech qanday sadaqalardan berilmaydi" – deganlar. Bizning dalilimiz: Rasululloh (s.a.v) “Barcha dinlarning ahllariga sadaqa beraveringlar”, deganlar. 2 – Zakot bilan masjid, ko'prik qurulmaydi va, ariq qazilmaydi. 3 – Boyga zakot berilmaydi. Chunki Rasululloh (s.a.v): Boy kishiga sadaqa "zakot" halol yemas. Magar besh holda boyga zakot joiz. Boy deb Hanafiy mazhabi nazdida moli nisobga yetgan kishi tushuniladi. 4–Zakotni otasiga, bobosiga va undan yuqori bobolariga, shuningdek, bolasiga, nabirasiga berib bo'lmaydi. 5 - Yer o'z xotiniga, xotin o'z yeriga zakot bermaydi. Imom Abu Yusuf va Muhammad xotin o'z eriga zakot bersa bo'ladi, deyishadi. 6- Zakot beruvchi zakotni o'z mudabbariga, mukotabiga, ummi valadiga, ba'zisi ozod qilingan quliga zakot beraolmaydi. 7 – Boyning quliga zakot berilmaydi. 8 – Boyning yosh bolasiga zakot berilmaydi. 9 – Bani Hoshim avlodiga zakot berilmaydi. Chunki Rasululloh (s.a.v): "Ey Bani Hoshim avlodlari!" Alloh odamlar qo'llarini yuvganda tushadigan suvni va ustlaridagi kirlarni yuvganda tushadigan ifloslarni sizlarga harom qildi va uning o'rniga sizlarga o'ljadan beshdan birini olishga ijozat berdi”, deganlar. Demak, Rasululloh (s.a.v) baytlari kim degan savolga javob izlashimiz kerak. Bunga Shofiiylar "Bani Hoshim va Bani muttalib" deganlar. Abu Hanifa va Molik (r.a) "Bani Xoshim" deganlar. "Bani Hoshim esa Ali, Uqayl, Ja'far, Abbos, Horisning avlodlaridir". 10 – Bani Hoshimning ozod qilgan qullariga ham zakot olish joiz yemas. Chunki Rasulullohning ozod qilgan quli Abu Rofe' Payg'ambarimizdan "Menga sadaqa olish halol bo'ladimi?" deb so'radi. Shunda Rasululloh (s.a.v): "Yo'q sen bizning ozod qilgan qulimizsan" dedilar. Agar bir kishi bir odamga: faqir, yo boy, yo Bani Hoshim, yo kofirga, yo otasiga, o'g'liga bersa gumon bilan zakotni qaytarib bermaydi. Ammo o'zining quli, mukotabiga berib qo'ysa, zakotni qayta beradi. Chunki qullarda egalik huquqi yo'qligi uchun, zakotga ham egalik qila olmaydi. Zakotda esa asosiy rukn yegalik qilishdir.
Ikki yuz dirhamdan kam bo'lgan kumushdan zakot vojib emasdir. Chunki Rasululoh (s.a.v) shunday deganlar: “Besh uvqiyadan kam kumushda zakot yo'q”. Bir uvqiya – qirq dirhamdir. Kumush ikki yuz dirhamga yetib, bunga bir yil o'tsa, undan besh dirham zakot berish vojibdir. Chunki Rasululloh (s.a.v) Muoz(r.a)ga yozgan maktublarida: “Har ikki yuz dirham kumushdan besh dirham va har yigirma misqol tilladan yarim misqol zakot olgin” deb yozgan edilar. Imom A'zam (r.a) fikrlariga ko'ra 200 dirhamdan ziyodasida to qirq dirhamga yetguncha zakot yo'q, qirqqa yetsa undan bir dirham vojib, so'ngra har qirq dirhamga bir dirham vojib bo'ladi. Imom Abu Yusuf, Imom Muhammad, Imom Shofiiy (r.a) fikrlaricha har bir qo'shilgan dirhamning qirqdan biri beriladi. Nisobga beshdan bir qo'shilishi lozim emas, deydilar. Bularning dalillari Hazrati Ali (r.a) Rasululloh(s.a.v)dan qilgan rivoyatlarida: “Ikki yuz (dirham)dan ziyod bo'lgan kumushning zakoti, ushbu ziyodaning hisobiga ko'ra bo'ladi. Abu Hanifa(r.a) dalillari Muoz(r.a) Rasulullohdan (s.a.v) qilgan rivoyatlari. “Kasrdan (ya'ni nisobga yetmagan miqdordan) hech narsa olmagin”. Yana Amr ibn Hazm (r.a) rivoyat qilgan ushbu hadisdir: “Qirq dirhamdan kam kumushda zakot yo'qdir”. Chunki, shunday qilinganda mashaqqat bo'lmaydi. Agar kumushga boshqa narsalar aralashgan bo'lsa–yu, kumushi ko'proq bo'lsa, bunga kumush hukmi beriladi. Agarda aralashgan narsa ko'proq bo'lsa, u mato ya'ni (tijorat moli) hukmidadir, va uning qiymatini hisob qilib nisobga yetishiga e'tibor qilinadi. Yigirma misqolga yetmaydigan tilladan zakot vojib emas, agar tillo yigirma misqol bo'lsa, undan yarim misqol zakot berish vojib. Bu yuqorida rivoyat qilgan hadisimizga ko'radir. Yigirma misqoldan so'ng har to'rt misqol tilladan ikki qiyrot zakot beriladi. har bir dinor tilla shariatga ko'ra o'n dirham kumushga tengdir. Bir dinor - 4,25 ga teng. Demak, 20 misqol tilla – 85 g bo'lib bundan 4,5 g. zakot beriladi. Kumushda esa 200 dirham – 595 g. ga teng bo'lib bundan 15 g kumush zakot beriladi. Imom A'zam(r.a) nazdida: "Tillo va kumushning xomidan, ulardan yasalgan ziynatdan va idishlardan zakot berish vojibdir". Bu fikrga Imom Shofiiy (r.a) xilof qilganlar. Tillo va kumushning o'zidangina yemas ulardan yasalgan puldan ham zakot beriladi, bunda ham xilof bor.
Hamma yoqda qog'oz pul ishlatilmoqda. Qog'oz pullar yangi chiqqan paytda bu pullardan zakot chiqariladimi, yo'qmi, degan savol paydo bo'ldi. Molikiylar qog'oz puldan zakot chiqarilmaydi dedilar. Shofiiy(r.a)lar ham zakot berilmaydi deyishdi. Hanbaliylar esa naqd qog'oz puldan zakot chiqarilmaydi dedilar. Hanafiylar darhol zakot chiqarilishi kerak dedilar. Vaqt o'tishi bilan hamma Hanafiy mazhabi aytgan yo'ldan yurishga majbur bo'ldi. Chunki dunyo bo'yicha faqat qog'oz pul bilan muomala qilinadigan bo'ldi. Buning ustiga har bir davlat o'zi chiqargan pulni tillo bilan qoplashi, xalqaro taomilga kiritildi. Zakotda, Fitrda, Kafforatda, Ushrda, Nazrda berish vojib bo'lgan molning qiymatini berish ham joizdir. Imom Shofiiy (r.a) bunga xilof qilganlar. U kishi buni hajda so'yish vojib bo'lgan hadyani va qurbonlikka so'yish lozim bo'lgan molni qiymatini berib bo'lmasligi to'g'risidagi holga qiyos qiladilar va shu to'g'ridagi hadislarni dalil qilib keltiradi. Bizning dalilimiz mollardan faqirlarga zakot berishga bo'lgan amrdan maqsad va'da qilingan rizqni "O'rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir" oyatiga ko'ra, haqdoriga yetkazmoqdir. Hadyaning hukmi buning aksinchadir, Chunki bunda qon chiqarish bilan hosil bo'ladi, uning qiymatini berish joiz bo'lmaydi. Allohning roziligiga erishish, muhtojning ehtiyojini qoplashga bog'liqdir. Bu qiymatni berish bilan ham hosil bo'ladi.
Avvalo zakotni olishga haqli kishilarni zikr qilar ekanmiz, buning dalilini keltirib o'tamiz.
Alloh "Tavba" surasi 60 – oyatida shunday marhamat qilgan: “Albatta , sadaqalar faqirlar , miskinlar unda ishlovchilar , qalblari unda ulfat qilinadiganlar, qullar qarzdorlar, Allohning yo'lida va Vatangado uchundir. Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh o'ta biluvchi va o'ta hikmatli zotdir”.
Ushbu oyatda zikr qilingan 8 toifa zakot olishga munosib odamlar bo'lib, bundan bitta kamaytirib ham, ko'paytirib ham bo'lmaydi. Hatto bu ishga Rasululloh s.a.v. daxl qilmaganlar. Bir kishi Nabiy (s.a.v)dan ham sadaqadan ulush so'rab keldi. Bas, u zot: “Albatta, Alloh sadaqalarda Payg'ambarning va boshqaning hukmiga rozi bo'lmadi. Xattoki, u (zakot) haqida uning o'zi hukm qildi. Uni sakkiz joyga bo'ldi. Agar sen o'sha juz'lardan bo'lsang, haqqingni beramiz” – dedilar. 1-"Faqir” deb ozgina narsasi bor kishiga aytiladi. Bu aytganlarimiz Abu Hanifa (r.a) mazhabi fikrlaridir.Bir odamning maskani va mulki bo'lib, undan keladigan daromad xarajatini qoplay olmasa, boy hisoblanmaydi, zakotga haqdor bo'lib turaveradi. Yana yetarli kiyimlari, hayitda kiyadigan yaroqli kiyimlari, hunar asboblari, kitoblarida, ayollarida o'ziga yarasha taqinchoqlari bo'lgan kishi ham boy hisoblanmaydi. Birovning moli bo'lsa-yu undan foydalanish yo'lida to'siq bo'lib, og'ir ahvolda qolsa, u ham miskin, faqir hisoblanadi. 2.”Miskin” deb hech narsasi yo'q kishiga aytiladi. 3.”Omili zakot” ya'ni zakot yig'uvchi, uning xizmatiga yarasha haq podsho tomonidan tayinlanadi, lekin bu haq yig'ilgan molning sakkizdan biri bilan kifoyalanib qolmaydi. Bu toifa "zakotchi", “sadaqachi”, "zakot omili" ham deb atalgan. Ular zakotni boylardan yig'ib olib, haqdorlariga tarqatguncha bo'ladigan ishlarni ado yetadilar. Bevosita zakot yig'uvchimi, hisobchimi, qorovulmi, kotibmi yoki boshqami, baribir shu toifaga kiradi. Zakot nozik masala bo'lgani uchun, zakot idorasi xodimi musulmon, balog'atga yetgan, oqil, ishonchli kishi bo'lmog'i lozim. Fosiq va fojir kishilar bu ishga yaqin yo'latilmaydilar. Bularning xizmatlariga haq podsholik tomonidan belgilanib qo'yiladi. 4 – Qalblari islomga ulfat qilinganlar. Bular bir necha toifa bo'ladi. 1 – Zakotdan ulush olsa o'zi ham, ahli ayoli, urug' aymog'i ham Islomga kirishi umid qilinadigan kishi. Rasululloh (s.a.v) Safvon ibn Umayyaga zakot berganlar.2 – Islom va musulmonlar uchun yomonlik qilishi mumkinu, mol olsa, o'sha yomonligini, qaytarish imkoni bor. 3-Islomga yangi kirgan-u, unga zakot molidan berilsa, islomda sobit bo'lishi umid qilinadigan odamlar. 4 – Obro'–e'tiborli, ammo boshqa millatlardan tengdoshlari bor musulmonlar. Agar ularga yaxshi muomala qilinsa, o'sha tengdoshlari ham musulmon bo'lishidan umid qilinadi. Abu Bakr (r.a) ning Adiy ibn Xotam va Zaburqon ibn Barrlarga zakotdan ulush berganlari bunga dalil. 5 – O'z qavmlarida katta obro' – e'tiborga ega bo'lgan, ammo hali iymoni zaif boshliqlarga ham ko'ngillarini ulfat qilish uchun zakot beriladi. Rasululloh (s.a.v) Havozin o'ljalaridan bergan. 6 – Dushman bilan chegaradosh joylarda himoya, mudofaa ishini bajarib turgan musulmonlar. 7 - Zakot yig'ish ishlarida obro' – e'tiborlari bilan yordam beradigan musulmonlar. Hanbaliy mazhabi bu ulushga haqlilar, doimo bor deydi. Hanafiylar esa, bu hukm nasx bo'lgan, hozir qalbi ulfat topganlar yo'q deydilar. Zamondosh ulamolar bu usulni qo'llash kerak deydilar. 5 - Bo'yinlarini (qullar) ozod yetish uchun va mukotab qullar o'zlarini ozod qilishlari uchun ularga zakot hisobidan yordam beriladi. Yer yuzida qulchilik qolmagandan keyin ulamolarimiz bu ulushni musulmon asirlarni ozod qilishga, mustamlaka xalqlarni undan ozod qilishga sarflash kerak dedilar. Bir kishining qarzi bo'lib, undan oshgani nisobga yetmasa, shu odam qarzdor hisoblanadi. Imom Shofiiy(r.a) zakotda qarzdor shunday kishiki, odamlar yo qabilalar, orasini isloh qilib, qarzdor bo'lgan kishi deydilar. Turli holatlar tufayli nochor holatga tushib qolganlar ham shu toifaga kiradi. 7–Alloh yo'lidagi toifa. Bu toifani Abu Yusuf (r.a) Islom yo'lida jihodga chiqishga xarajati bo'lmaganlar degan. Imom Muhammad (r.a) ushbu toifani hajga bora olmay qolgan toifa deganlar. Hanafiy ulamolarimiz ushbu toifaga atalgan ulushni, Islom yerlarini ozod qilishga, Islomga qarshi bo'layotgan madaniy, ma'rifiy-mafkuraviy ishlarga qarshi ishlatish kerak deydilar. Misol uchun kitob, fil'mlar, ko'rsatuvlar chiqarishga ishlatish kerak deydilar. 8 – O'z Vatanida mol-dunyosi mavjud bo'lsa ham, o'zi boshqa joyda yurgan va bu yerda uning biron narsasi yo'q kishi Ibni sabiyl hisoblanadi. Bular bir necha maqsadlarda safar qilgan bo'ladi. 1-Rizq talab qilib safar qilgan. 2 – Ilm, nazar va e'tibor uchun safar qilgan. 3 – Alloh yo'lida ish qilish uchun safar qilgan kishilar. Endi zakot berib bo'lmaydigan toifalarni keltirib o'tamiz. 1 – Zimmiyga zakot berilmaydi. Chunki Rasululoh (s.a.v) Muozga: "Musulmonlarning boylaridan zakotni olgin va uni ularning (musulmonlarning) faqirlariga bergin", dedilar. Lekin Zimmiyga zakotdan boshqa sadaqalardan (ya'ni, fitr sadaqasi, nazr va kafforotlardan) beriladi. Imom Shofiiy (r.a) esa: "Zimmiylarga hech qanday sadaqalardan berilmaydi" – deganlar. Bizning dalilimiz: Rasululloh (s.a.v) “Barcha dinlarning ahllariga sadaqa beraveringlar”, deganlar. 2 – Zakot bilan masjid, ko'prik qurulmaydi va, ariq qazilmaydi. 3 – Boyga zakot berilmaydi. Chunki Rasululloh (s.a.v): Boy kishiga sadaqa "zakot" halol yemas. Magar besh holda boyga zakot joiz. Boy deb Hanafiy mazhabi nazdida moli nisobga yetgan kishi tushuniladi. 4 – Zakotni otasiga, bobosiga va undan yuqori bobolariga, shuningdek, bolasiga, nabirasiga berib bo'lmaydi. 5 - Yer o'z xotiniga, xotin o'z yeriga zakot bermaydi. Imom Abu Yusuf va Muhammad xotin o'z eriga zakot bersa bo'ladi, deyishadi. 6- Zakot beruvchi zakotni o'z mudabbariga, mukotabiga, ummi valadiga, ba'zisi ozod qilingan quliga zakot beraolmaydi. 7 – Boyning quliga zakot berilmaydi. 8 – Boyning yosh bolasiga zakot berilmaydi. 9 – Bani Hoshim avlodiga zakot berilmaydi. Chunki Rasululloh (s.a.v): "Ey Bani Hoshim avlodlari!" Alloh odamlar qo'llarini yuvganda tushadigan suvni va ustlaridagi kirlarni yuvganda tushadigan ifloslarni sizlarga harom qildi va uning o'rniga sizlarga o'ljadan beshdan birini olishga ijozat berdi”, deganlar. Demak, Rasululloh (s.a.v) baytlari kim degan savolga javob izlashimiz kerak. Bunga Shofiiylar "Bani Hoshim va Bani muttalib" deganlar. Abu Hanifa va Molik (r.a) "Bani Xoshim" deganlar. "Bani Hoshim esa Ali, Uqayl, Ja'far, Abbos, Horisning avlodlaridir". 10 – Bani Hoshimning ozod qilgan qullariga ham zakot olish joiz yemas. Chunki Rasulullohning ozod qilgan quli Abu Rofe' Payg'ambarimizdan "Menga sadaqa olish halol bo'ladimi?" deb so'radi. Shunda Rasululloh (s.a.v): "Yo'q sen bizning ozod qilgan qulimizsan" dedilar. Agar bir kishi bir odamga: faqir, yo boy, yo Bani Hoshim, yo kofirga, yo otasiga, o'g'liga bersa gumon bilan zakotni qaytarib bermaydi. Ammo o'zining quli, mukotabiga berib qo'ysa, zakotni qayta beradi. Chunki qullarda egalik huquqi yo'qligi uchun, zakotga ham egalik qila olmaydi. Zakotda esa asosiy rukn yegalik qilishdir.